Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Rossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkin

Rossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkin

Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatga kelayotgan migrantlar uchun mobil telefon sotib olishni majburiy qilmoqchi. Qurilmadagi elektron profil orqali xorijliklar doimiy nazorat qilinadi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatga kelayotgan xorijlik migrantlar uchun yangi majburiyat joriy etishni rejalashtirmoqda. Rossiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubovning ma’lum qilishicha, endilikda har bir migrant ro‘yxatdan o‘tishda mobil telefon sotib olishga majbur bo‘ladi. Ushbu qurilmada chet el fuqarosining maxsus elektron profili yaratiladi.

Bu tizim huquq-tartibot idoralariga migrantning aniq qayerda ekanini bilish, uning bir hududdan boshqasiga nazoratsiz ko‘chib o‘tishini cheklash hamda hujjatlar muddati tugashi haqida o‘z vaqtida xabardor qilib borish imkonini beradi.

Mazkur loyihaning asosi sifatida 2025-yil 1-sentabrdan boshlab Moskva mintaqasida «Amina» mobil ilovasi sinovdan o‘tkazila boshlandi. Vizasiz tartibda keluvchi voyaga yetgan barcha migrantlar ushbu ilova orqali o‘z geolokatsiyasini uzatib turishi shart. Geolokatsiya nazorati tizimi hozirdanoq qat’iy choralar ko‘rishni boshlagan.

Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, dekabr oyi o‘rtalariga kelib «Amina» tizimiga uch ish kuni davomida geolokatsiya ma’lumotlarini yubormagani sababli 139 mingdan ortiq xorijlik migrant migratsiya hisobidan chiqarib yuborilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish