So‘nggi:
Dunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSportO‘zbekiston hududlarida anomal issiq sababli chiroq ikki soatgacha o‘chiriladiJamiyatO‘zbekistonning qaysi hududida inflyatsiya eng tez oshayotgani maʼlum bo‘ldiIqtisodiyotO‘zbekistonda eng obod xonadon va mahalla egalari mol-mulk hamda yer solig‘idan ozod qilinadiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda anomal issiq pik nuqtasiga chiqadiJamiyatTramp AQShda immigrant yuk mashinasi haydovchilari faoliyatini cheklashga va’da berdiDunyoMirzo Ulug‘bek tumanida YPX xodimi mototsikldagi YTH oqibatida halok bo‘ldiJamiyatMahalla raislariga ijtimoiy ob’ektlar qurish uchun yerlarni auksionga chiqarish vakolati beriladiSiyosat

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi

Indoneziyadagi boks bo‘yicha U-19 va U-23 Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 33 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqada 20 ta davlatdan 329 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib borgan bo‘lsa, O‘zbekiston sharafini 38 nafar bokschi himoya qildi va vakillarimiz barcha yosh toifalarida o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida peshqadamlikni qo‘ldan boy bermadi.

U-19 yosh toifasida yigitlarimiz 7 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan jamoaviy birinchi o‘rinni egalladi hamda ushbu guruhda Qozog‘iston va Janubiy Koreya terma jamoalarini ortda qoldirdi.

Ushbu yoshdagi qizlarimiz esa 4 ta oltin va 2 ta kumush medaliga sazovor bo‘lishdi, bunda Sabrina Chakomanova, Sevara Mamatova, Rushanabonu Isoyeva va Samira Turg‘unova oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. U-23 yosh toifasidagi yigitlarimiz ham o‘z guruhida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza bilan peshqadam bo‘lishdi.

Ushbu toifadagi qizlarimiz esa jamoaga 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini taqdim etishdi. Unda Gulsevar Ganiyeva, Humorabonu Mamajonova, Mushtariybonu Ibroximjonova, Sevinch Xurramova, Ruxshona Parpiyeva va Sobiraxon Shaxobiddinova shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi.