O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

O‘zbekistonda elektr iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Energetika vazirligi tejamkorlikka chaqirmoqda

O‘zbekistonda elektr iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Energetika vazirligi tejamkorlikka chaqirmoqda

O‘zbekistonda 14-iyul kuni elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi — 284 mln kVt•soat, deya xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu ko‘rsatkich joriy yilning 13-iyulida o‘rnatilgan avvalgi yozgi rekorddan (278,6 mln kVt•soat) hamda 2026-yil 24-yanvarda qayd etilgan qishki eng yuqori ko‘rsatkichdan (283 mln kVt•soat) o‘zib ketdi. O‘tgan seshanba kuni sutkalik elektr energiyasi ishlab chiqarish 287,3 mln kVt•soatni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich ham qishki maksimal ishlab chiqarish hajmidan (277,6 mln kVt•soat) 9,7 mln kVt•soatga yoki 3,49 foizga ko‘pdir.

Energetika tizimiga tushayotgan keskin yuklama ortishi munosabati bilan Energetika vazirligi iste’molchilarga murojaat qilib, elektr energiyasidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni so‘radi.

Vazirlik sovitish uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi: konditsionerlarni 24-26 darajadan past bo‘lmagan haroratda ishlatish va ularning filtrlarini muntazam tozalab turish lozim. Ushbu choralarga rioya qilish jihozlarning energiya sarfini kamaytiradi, taqsimlovchi tarmoqlardagi bosimni pasaytiradi va hududlarda keng ko‘lamli avariyaviy uzilishlarning oldini oladi.

Vazirlik yuqori iste’mol davrida barqaror elektr ta’minotini ta’minlash maqsadida korxonalarning avariya-tiklash brigadalari kuchaytirilgan tartibda ishlayotganini ma’lum qildi.

Kuni kecha energetiklar Toshkentning Chilonzor, Shayxontohur, Yakkasaroy, Sergeli va Olmazor tumanlaridagi elektr tarmoqlarining ayrim hududlarida nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etishdi. Shuningdek, soat 15:18 da Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Koson, Ko‘kdala, Qamashi, G‘uzor, Kitob va Chiroqchi tumanlarida kuchli shamol tufayli ayrim elektr uzatish tarmoqlari o‘chib qolgan. Soat 17:30 dan boshlab ularni bosqichma-boshqich tiklash ishlari amalga oshirildi.