So‘nggi:
O‘zbekistonda «Barselona» futbol akademiyasini ochish rejalashtirilmoqdaSportO‘zbekistonda elektr iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Energetika vazirligi tejamkorlikka chaqirmoqdaJamiyatSamarqandda bankni portlatish bilan tahdid qilgan qishki kiyimdagi shaxs ushlandiJamiyatFarg‘ona vodiysi Markaziy Osiyoning eng seysmologik xavfli hududlaridan biri bo‘lib qolmoqda — JSSTJamiyatEkologiya qo‘mitasi fuqarolarni issiqda o‘simliklarni kunduzi sug‘ormaslikka chaqirdiJamiyatBelarusdagi o‘zbek migrantlari sharoit va maoshdan shikoyat qildiJamiyatDavlat mehnat inspeksiyasi issiq sababli soat 11:00 dan 16:00 gacha tashqarida ishlashni cheklashni tavsiya qildiJamiyatOlti oyda 18 nafar IIV xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdiJamiyatQashqadaryoda tulki bolasi tirnagan erkak vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyot

Samarqandda bankni portlatish bilan tahdid qilgan qishki kiyimdagi shaxs ushlandi

Samarqandda bankni portlatish bilan tahdid qilgan qishki kiyimdagi shaxs ushlandi

Samarqandda qo‘riqlash xizmati xodimlari bankka bostirib kirgan bosqinchini muzokaralar orqali taslim qildi. Niqob va qishki kiyim kiygan erkak yonida bomba borligini aytib, pullarni talab qilgan.

Samarqandda bankni tunashga uringan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti matbuot xizmati.

Voqea 13-iyul kuni yuz bergan. Soat 17:00 da Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasining boshqaruv markaziga Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan banklarning biridan xavf signali (trevoga) kelib tushgan.

Uch daqiqa ichida bankka tezkor harakat qilish guruhi xodimlari yetib kelishgan. Ular bank binosida yuziga niqob taqqan, qishki kiyimda bo‘lgan va qo‘lida qora sumka ushlab turgan erkakni ko‘rishgan. U o‘zida portlovchi moslama borligini aytib, oynalarni sindirgan va pul berishlarini talab qilgan.

Voqea joyiga qo‘shimcha tezkor guruhlar, ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari xodimlari va tez tibbiy yordam brigadasi yetib kelgan.

Qo‘riqlash xizmati xodimlari erkak bilan muzokaralar olib borishgan va buning natijasida u o‘z xohishi bilan taslim bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u shu yo‘l bilan tezda pulni qo‘lga kiritishni va buni oson daromad olish usuli deb bilganini aytgan. Hodisa oqibatida fuqarolardan hech kim jabrlanmagan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.