O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Davlat mehnat inspeksiyasi issiq sababli soat 11:00 dan 16:00 gacha tashqarida ishlashni cheklashni tavsiya qildi

Davlat mehnat inspeksiyasi issiq sababli soat 11:00 dan 16:00 gacha tashqarida ishlashni cheklashni tavsiya qildi

O‘zbekiston Davlat mehnat inspeksiyasi anomal issiq sababli ish beruvchilarga xodimlarning soat 11:00 dan 16:00 gacha tashqarida ishlashini cheklash yoki to‘xtatishni tavsiya qilmoqda.

O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo munosabati bilan Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarga murojaat bilan chiqdi. Inspeksiya xodimlarning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus tavsiyalarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, kunning eng issiq vaqti hisoblangan soat 11:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida xodimlarning ochiq havoda (tashqarida) ishlashini cheklash yoki vaqtincha to‘xtatish tavsiya etilmoqda. Ish beruvchilardan ushbu soatlarda ish rejimini o‘zgartirish, og‘ir jismoniy mehnatni salqinroq vaqtlarga ko‘chirish hamda ish joylarida qulay mikroiqlim sharoitlarini yaratish so‘ralgan.

Mehnat kodeksi talablariga muvofiq, ish beruvchi xodimlar uchun xavfsiz va sog‘liq uchun zararsiz mehnat sharoitlarini yaratib berishi shart. Anomal issiq kunlarda tashqarida ishlovchi xodimlarni ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, ularga tez-tez qisqa muddatli tanaffuslar berish va ish joylarini quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishidan himoyalash choralari ko‘rilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda havo harorati keskin ko‘tarilishi munosabati bilan avvalroq anomal issiq tufayli hududlardagi bolalar bog‘chalari vaqtincha yopilgan edi.