O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Qashqadaryoda tulki bolasi tirnagan erkak vafot etdi

Qashqadaryoda tulki bolasi tirnagan erkak vafot etdi

Kitob tumanida bir oy avval tulki bolasi tirnagan 47 yoshli fuqaro shifoxonada vafot etdi. SSV ekspertiza tayinladi va ijtimoiy tarmoqlardagi vahimali xabarlarni rad etdi.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida fuqaroning yovvoyi hayvon bilan kontaktda bo‘lgach vafot etishi yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rasmiy axborot berdi. Boshqarma ijtimoiy tarmoqlarda go‘yo bir oilaning uch nafar a’zosida quturish kasalligi aniqlangani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Ma’lum qilinishicha, 10-iyul kuni Kitob tumanida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan fuqaro xavfli yuqumli kasallik gumoni bilan shifoxonaga yotqizilgan. Epidemiologik surishtiruv davomida bemorni taxminan bir oy avval tulki bolasi tirnagani aniqlangan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u 11-iyul kuni vafot etgan. Uning o‘limi sababi yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Mazkur hududda yashovchi yana uch nafar fuqaro ehtiyot chorasi sifatida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularda quturish kasalligining klinik belgilari aniqlanmadi. Hozirda ushbu fuqarolar shifokorlar nazoratiga olinib, zarur profilaktik emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Kitob tumanida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda veterinariya mutaxassislari hamkorligida epidemiologik vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Viloyat SSb fuqarolardan ortiqcha xavotirga berilmaslikni, asossiz va tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi.