Uchko‘prik tumanida 36 yoshli erkak onlayn bukmekerlik hisobini mobil ilova orqali to‘ldirayotgan vaqtda ushlandi. Uning smartfoni ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.
Farg‘ona viloyatida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga qarshi maxsus tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir davomida viloyatning Uchko‘prik tumani hududida 1990-yilda tug‘ilgan erkak huquqbuzarlik ustida qo‘lga olindi. U o‘zining mobil telefoni dagi to‘lov tizimi ilovasi orqali onlayn-bukmekerlik kompaniyasining hisobiga 600 ming so‘m miqdorida mablag‘ o‘tkazayotgan bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroning mobil qurilmasi belgilangan tartibda ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi (musodara qilindi). Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.




