O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Ekologiya qo‘mitasi daraxtlar issiqdan qurib qolishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi

Ekologiya qo‘mitasi daraxtlar issiqdan qurib qolishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi

 Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi anomal issiq havo harorati sharoitida yashil hududlar va daraxtlarni asrab qolish bo‘yicha aholi hamda mutasaddi tashkilotlarga shoshilinch tavsiyalar bilan chiqdi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi anomal issiqda daraxtlarni qurib qolishdan asrash choralarini ko‘rishga chaqirdi. Avvalroq “O‘zgidromet” 13–17-iyul kunlari respublikaga o‘ta issiq havo oqimi kirib kelishi va harorat ayrim joylarda +44…+46 darajagacha ko‘tarilishi haqida ogohlantirgan edi. Qo‘mitaning ta’kidlashicha, bunday harorat insonlar bilan bir qatorda yashil hududlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi.

Shu munosabat bilan, fuqarolardan xonadonlar va mahallalardagi daraxt hamda butalarni erta tongda yoki kechqurun muntazam sug‘orish, tuproq namligini saqlash uchun daraxtlar atrofini yumshatish va organik qoplama (mulcha) qo‘llash so‘raldi. Shuningdek, o‘rmonlar va dam olish maskanlarida yong‘in xavfsizligiga qat’iy rioya qilish, ochiq olov yoqmaslik va yonuvchan chiqindilarni tashlab ketmaslik tavsiya etildi.

Mahalliy hokimliklar, kommunal xizmatlar va korxonalarga yashil hududlar holatini doimiy monitoring qilish, ko‘chatlarni agrotexnik talablar asosida sug‘orish va ariqlar tizimi uzluksizligini ta’minlash yuklatildi. Qurilish ob’ektlari atrofidagi daraxtlarni changdan himoya qilish uchun ularning barglarini suv bilan yuvish, shuningdek, yovvoyi hayvonlar va qushlar uchun suv manbalarini saqlash choralarini ko‘rish so‘raldi.

Shu kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi ham aholiga jaziramadan saqlanish, to‘g‘ri ovqatlanish va kiyinish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Eslatib o‘tamiz, anomal issiq sababli Qoraqalpog‘istonda bog‘chalar vaqtincha yopildi, respublikaning boshqa hududlarida ham bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.