O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

O‘zbekistonda bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopilishi mumkin

O‘zbekistonda bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopilishi mumkin

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi anomal issiq ob-havo tufayli bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi mumkinligini ma’lum qildi. Yakuniy qarorlar joylardagi sharoitdan kelib chiqib, hokimliklar tomonidan qabul qilinadi.

Vazirlik mazkur masala yuzasidan hokimliklar, Sanepidqo‘mita va “O‘zgidromet” agentligi bilan muloqot olib borgan. Unga ko‘ra, mahalliy hokimliklar hududdagi sharoitdan kelib chiqqan holda tegishli choralar ko‘rishi belgilangan.

“Kun juda isib ketganda bog‘chalarni vaqtincha yopish ko‘zda tutilgan. Har bir hududiy bo‘limlar o‘z sharoitini o‘rganib chiqadi va shunga qarab qaror qabul qilinadi”, deya aniqlik kiritdi vazirlik matbuot xizmati.

Issiq havo sababli Qoraqalpog‘istondagi ayrim bog‘chalar bolalar sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida 17–18-iyulgacha vaqtincha yopilgan edi.

“O‘zgidromet” ogohlantirishiga ko‘ra, 13–17-iyul kunlari respublikaga janubdan juda issiq havo oqimi kirib keladi. Havo harorati mamlakatning katta qismida +41…+43 darajagacha, shimol, janub va cho‘l hududlarida esa +44…+46 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.