O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga uning otasi, mamlakat sobiq amiri vafoti munosabati bilan hamdardlik maktubi yo‘lladi. Qatarda 4 kunlik rasmiy motam e’lon qilindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi. Kecha, 12-iyul kuni Qatar amirining otasi, mamlakat sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoshida vafot etdi.

Hamdardlik maktubida marhum uzoq yillar davomida Qatar taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgani hamda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga munosib ulush qo‘shgani alohida ta’kidlangan. Davlat rahbari Qatar amiri, uning oila a’zolari va butun xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgan.

Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy 1995-yildan 2013-yilgacha Qatarni boshqargan. Uning davrida mamlakat dunyodagi eng yirik suyultirilgan tabiiy gaz eksportchisiga aylandi, taniqli Al Jazeera axborot kanali ishga tushirildi hamda ilk bor doimiy konstitutsiya qabul qilindi. 2013-yilda u hokimiyatni o‘g‘li Shayx Tamimga topshirgan edi.

Sobiq amirning vafoti munosabati bilan Qatarda to‘rt kunlik rasmiy motam e’lon qilindi. Davlat idoralarida ish vaqtincha to‘xtatilib, bayroqlar yarimga tushiriladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish