Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

AQSH prezidentining qo‘ng‘irog‘i terma jamoa yulduzini JCHdagi sharmandalikdan saqlab qoldi

AQSH Prezidenti Donald Tramp FIFA rahbari Janni Infantinoga qo‘ng‘iroq qilib, hujumchi Folarin Balogunning Belgiyaga qarshi 1/8 final o‘yini oldidan olgan diskvalifikatsiyasini bekor qildirdi.

Ma’lumot o‘rnida, iste’dodli futbolchi turnir davomida qizil kartochka olgani sababli avtomatik ravishda pley-offning muhim bosqichi hisoblangan Belgiyaga qarshi 1/8 final uchrashuvini o‘tkazib yuborishi kerak edi.

Oq uy rahbarining ushbu aralashuvi va Infantino bilan kechgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotidan so‘ng, xalqaro futbol tashkiloti o‘z tartib-qoidalarini chetga surib, kutilmagan qaror qabul qildi. FIFA yakunda Balogunning maydonga tushishiga rasman ruxsat berdi. Ushbu qarordan so‘ng AQSH Prezidenti xalqaro tashkilot rahbariyatiga ochiqchasiga minnatdorchilik bildirdi va FIFA rahbariyati futbolchini tarkibga qaytarish orqali “katta xatoni to‘g‘irlaganini” alohida mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tdi.

Mazkur voqea jahon sport jamoatchiligi, xususan, Yevropa futbol federatsiyalari va mutaxassislari o‘rtasida keskin e’tirozlar to‘lqinini keltirib chiqardi. Ko‘plab ekspertlar buni FIFA tomonidan qoidalarning qo‘pol ravishda buzilishi va mezbon davlat rahbarining siyosiy bosimi ostida qabul qilingan o‘ta xavfli pretsedent (namuna) deb baholamoqda. Siyosatning sportga bu qadar ochiq aralashuvi mundial tarixida jiddiy munozaralarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish