So‘nggi:
Toshkentdagi qurilish maydonlarining birida kotlovan o‘pirilib ketdiJamiyatTbilisi markazida Alisher Navoiy haykali tantanali ravishda ochildiSiyosatBelarus xavfsizlik kengashi o‘z fuqarolarini Rossiyaga bormaslikka chaqirdiDunyoGruziyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladiSiyosatO‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel va suv toshqini xavfi e’lon qilindiJamiyatMXDQ sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindiDunyoDam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindiJamiyatToshkentda avtobus yo‘lovchisi shahvoniy shilqimlik uchun qamaldiJamiyatToshkent aholisi issiq suvsiz qoladi: quvurlarda favqulodda sinovlar boshlanmoqdaJamiyatSanepidqo‘mita Toshkent bozorlarida 150 kg yaroqsiz qovunni savdodan oldiJamiyat

Tbilisi markazida Alisher Navoiy haykali tantanali ravishda ochildi

Tbilisi markazida Alisher Navoiy haykali tantanali ravishda ochildi

Gruziya poytaxtida o‘zbek xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ishtirok etdi.

Mazkur madaniy tadbir ikki xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, savdo aloqalari va o‘zaro ehtirom rishtalarining yangi ramzi sifatida e’tirof etildi.

Marosimda xalqlarimizning madaniy merosiga bo‘lgan yuksak hurmat alohida qayd etildi. Xususan, Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridan biriga gruzin mumtoz adabiyotining ulug‘ namoyandasi Shota Rustaveli nomi berilgani va u yerda shoir haykali o‘rnatilgani o‘zbek xalqining gruzin madaniyatiga bo‘lgan e’tiboridan dalolatdir.

O‘z navbatida, joriy 2026-yilda Tbilisi markazidagi shinam bog‘lardan biriga Alisher Navoiy nomi berildi va ushbu muazzam haykal aynan shu maskanda qad rostladi.

Keyingi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar sezilarli darajada faollashdi. Toshkentda Gruziya madaniyati kunlari, Tbilisida esa O‘zbekiston kinosi va madaniyati kunlari yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir yakunida so‘z olganlar Alisher Navoiy merosi butun insoniyatga tegishli ekani, uning asarlari asrlar osha odamlarni tinchlik, ma’rifat va insonparvarlikka chorlab kelayotganini ta’kidlab, ushbu haykal do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashiga ishonch bildirishdi.