Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Eldor Shomurodovning goli JCH 2026 guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topildi

Eldor Shomurodovning goli JCH 2026 guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov FIFA so‘rovnomasida Messi va Mbappeni ortda qoldirib, JCH 2026 guruh bosqichidagi eng chiroyli gol muallifi bo‘ldi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va hujumchisi Eldor Shomurodov AQShda o‘tayotgan 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining eng chiroyli goli muallifiga aylandi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida o‘tkazilgan dunyo muxlislarining onlayn ovoz berish natijalariga ko‘ra e’lon qilindi.

Hamyurtimiz ushbu nufuzli e’tirof uchun kurashda Lionel Messi (Argentina) va Kilian Mbappe (Fransiya) kabi jahon futboli yulduzlarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Shomurodov muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan ushbu tarixiy golni DR Kongo terma jamoasiga qarshi bahsda kiritgan edi. FIFA o‘z xabarida ushbu golni O‘zbekiston uchun debyut hisoblangan Jahon chempionatining haqiqiy ko‘rki deb hisoblashini alohida qayd etdi. Short-listdan jami 12 nafar futbolchi, jumladan, Vinisius Junior (Braziliya) va Jovanni Reyna (AQSh) kabi hujumchilar joy olgan edi.