O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev yoshlar uchun 500 milliard so‘mlik yangi imtiyozlar paketini e’lon qildi

Shavkat Mirziyoyev yoshlar uchun 500 milliard so‘mlik yangi imtiyozlar paketini e’lon qildi

Prezident 1 million nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga yordam berish uchun “Kafolatlangan birinchi qadam” va “Mini-franshiza” dasturlarini e’lon qildi. Loyihaga 500 milliard so‘m ajratiladi.

O‘zbekistonda rasmiy band bo‘lmagan yoki ijtimoiy reyestrlarga kirmay qolgan yoshlarni jamiyatga integratsiya qilish va ularni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha ulkan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar boshlanmoqda. Davlat rahbari tomonidan “Kafolatlangan birinchi qadam” paketi hamda “Yoshlar uchun mini-franshiza” dasturi ishga tushirilishi ma’lum qilindi. Mazkur loyihalar ijtimoiy reyestrlarda bo‘lmagan, ammo ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, harbiy xizmatni o‘tagan, migratsiyadan qaytgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan hamda jismoniy imkoniyati cheklangan 1 millionga yaqin yoshlarga o‘z yo‘lini topishga ko‘maklashadi. Ushbu dasturlarni moliyalashtirish uchun 500 миллиард so‘m yo‘naltiriladi.

Yangi tizimning eng muhim rag‘batlaridan biri ish beruvchilar uchun joriy etilayotgan misli ko‘rilmagan soliq imtiyozidir. OTM bitiruvchilanini ishga qabul qilgan tadbirkorlar uchun ushbu yosh mutaxassislarning daromad va ijtimoiy soliq stavkalari bir yil davomida atigi 1 foiz qilib belgilanadi. Ushbu imtiyoz bitiruvchilarni ishga olgan 200 mingga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari uchun katta moliyaviy qulaylik yaratadi.

Ijtimoiy ustozlik va mahalliy brendlarni rivojlantirish

“Kafolatlangan birinchi qadam” paketi doirasida oliy ta’lim tizimida ilk bor “ustoz-talaba” dasturi joriy etiladi. Unda faol va bilimli talabalar uyushmagan yoshlarga ilm o‘rgatib, ularning OTMlarga kirishiga yordam beradi. Buning evaziga ko‘ngilli talabalarga magistraturaga kirishda qo‘shimcha ballar hamda davlat stipendiyalarini olishda ustuvorlik huquqi beriladi.

Shu bilan birga, “Yoshlar uchun mini-franshiza” dasturi start oladi. Bugungi kunda savdo, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarishda o‘z brendiga ega bo‘lgan minglab muvaffaqiyatli yosh tadbirkorlar endilikda uyushmagan yoshlarga biznes sirlarini o‘rgatadi. Davlat ushbu brend egalariga faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli shartlarda yer va kreditlar ajratadi. Mahalliy brendlarning franshizasini sotib olmoqchi bo‘lgan yoshlarga esa Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha mutloq foizsiz ssudalar (mablag‘lar) ajratilishi ta’minlanadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish