Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Abduqodir Husanov JCH-2026 ning eng boy futbolchilari reytingiga kiritildi

Abduqodir Husanov JCH-2026 ning eng boy futbolchilari reytingiga kiritildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov Forbes Sport talqiniga ko‘ra mundialning eng serdaromad 48 ta futbolchisi ro‘yxatidan joy oldi.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov ham joy oldi. 22 yoshli hamyurtimiz mundialning eng boy 48 nafar futbolchisi orasida 38-o‘rinni egalladi va ushbu reytingga kirgan yagona o‘zbekistonlik bo‘ldi.

Forbes ekspertlarining qayd etishicha, yosh himoyachining bunday yuksak moliyaviy ko‘rsatkichlari nafaqat uning APLdagi maoshi, balki futboldan tashqaridagi shaxsiy biznes loyihalari hamda Puma brendi bilan homiylik shartnomalari bilan chambarchas bog‘liq.

O‘zbekistonlik himoyachining daromadlari tarkibi

Mazkur reyting futbolchilarning yillik umumiy yalpi daromadi (soliqlar va agentlik komissiyalarisiz) asosida shakllantirilgan. Hisob-kitoblar Capology, Football Benchmark va Spotrac kabi etakchi sport-auditorlik platformalari ma’lumotlariga tayanadi.

Unga ko‘ra, Abduqodir Husanovning yillik daromadi quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • Futboldan oladigan yillik daromadi: 5 million AQSH dollari;

  • Futboldan tashqari (tijorat va shaxsiy AK45 brendi): 1,2 million AQSH dollari;

  • Umumiy yillik daromadi: 6,2 million AQSH dollari.

Jahon yetakchilari va kuchli o‘nlik

Reytingning mutloq yetakchilari safida kutilmagan o‘zgarishlar kuzatilmadi — kuchli uchlikni zamonaviy futbol afsonalari band etdi. Ro‘yxat peshqadamligini Portugaliya terma jamoasi a’zosi Krishtianu Ronaldu ($280 mln) egalladi, keyingi o‘rinlarni Lionel Messi (Argentina, $130 mln) va fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe ($95 mln) band etdi.

Jahonning eng serdaromad futbolchilari TOP-10 ligi:

  1. Krishtianu Ronaldu (Putugaliya)

  2. Lionel Messi (Argentina)

  3. Kilian Mbappe (Fransiya)

  4. Erling Holand (Norvegiya)

  5. Riyod Mahrez (Jazoir)

  6. Vinisius Junior (Braziliya)

  7. Muhammad Saloh (Misr)

  8. Sadio Mane (Senegal)

  9. Jamol Musiala (Germaniya)

  10. Jud Bellingem (Angliya)

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish