Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Qrimdan boshlangan yonilg‘i inqirozi Rossiyaning kamida 64 ta hududiga yoyildi

Qrimdan boshlangan yonilg‘i inqirozi Rossiyaning kamida 64 ta hududiga yoyildi

Ukrainaning uzoq masofali kamikadze dronlar bilan Rossiya boʻylab neft infratuzilmasiga bergan zarbalari mamlakatda jiddiy yonilg‘i inqirozigini keltirib chiqardi.

May oyi oxiridan buyon Rossiyaning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari ichidagi kamida 62 ta mintaqada, shuningdek, Ukrainaning anneksiya qilingan hududlarida benzin va dizel savdosiga cheklovlar kiritildi. Buni “Vajnye istorii” nashri mintaqaviy hokimiyatlar xabarlari, mahalliy OAV materiallari va yonilg‘i quyish shoxobchalari ma’lumotlari asosida hisob-kitob qildi.

Eng og‘ir cheklovlar Qrimda kuzatilmoqda, u yerda 21-iyundan boshlab aholiga yonilg‘i sotish butunlay to‘xtatildi — benzin va dizel faqat tibbiyot va favqulodda xizmatlar uchun berilmoqda. Boshqa hududlarda esa haydovchilarga limitlar joriy etildi. Dog‘iston va Qalmog‘istonda bir mashina uchun 20 litrdan, Tatariston, Shimoliy Osetiya, Smolensk oblasti va Sankt-Peterburgda 30 litrdan, Tomsk, Tyumen hamda mamlakat neftining 40 foizini beruvchi Xanti-Mansiysk avtonom okrugida esa 40 litrdan ortiq benzin sotilmayapti. Komi Respublikasi, Yoqutiston, Sverdlovsk oblasti va Yamal-Nenets okrugida esa yoqilg‘ini kanistrlarga quyib sotish butunlay taqiqlandi.

Rasmiylar ushbu vaziyatni logistika muammolari bilan izohlab, aholini benzinni g‘amlab olmaslikka chaqirmoqda. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak bozordagi holatni “murakkab, ammo nazorat ostida” deb atadi. Federal aksilmonopoliya xizmati (FAS) esa yirik neft treyderlari faoliyatini tekshirishni boshlab, uchta kompaniyaga nisbatan ish qo‘zg‘atdi.

Reuters agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2026-yil boshidan buyon Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga berilgan zarbalar soni ikki barobarga oshgan. Buning oqibatida mamlakatda neftni qayta ishlash hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga, iyun oyidagi kunlik benzin ishlab chiqarish esa 2025-yil ko‘rsatkichidan 25 foizga pastlagan.

Inqiroz nafaqat avtomobil yoqilg‘isiga, balki aviakerosinga ham ta’sir qildi. Maxachqal’a, Mineralniye Vodi, Krasnodar, Astraxan va Nijniy Novgorod aeroportlarida samolyotlarga yonilg‘i quyish hajmi cheklab qo‘yildi (NOTAM). Xususan, Maxachqal’adan Toshkentga uchadigan samolyotlarga ko‘pi bilan 4 tonna aviakerosin quyishga ruxsat berilgan. Vaziyat fonida Rossiya Osiyo davlatlaridan dengiz orqali yonilg‘i import qilishni boshlagani va Qozog‘istondan 50 ming tonna benzin so‘ragani haqida xabarlar tarqaldi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish