O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

Fransiyada Ebola virusiga chalinishning ilk holati qayd etildi

Fransiyada Ebola virusiga chalinishning ilk holati qayd etildi

Kongo Demokratik Respublikasidagi gumanitar missiyadan qaytgan shifokorda Ebola aniqlandi. Kongodagi epidemiya o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord o‘rnatmoqda.

Euronews xabariga ko‘ra, Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligi virus tarqalishining oldini olish uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilganini ma’lum qildi. Bemor mamlakat hududiga qadam qo‘yishi bilanoq darhol izolyatsiyaga olingan va maxsus sharoitlarda shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda mutaxassislar bemor bilan aloqada bo‘lgan barcha shaxslarni aniqlash ustida ishlamoqda, ular uch haftalik uy karantiniga olinishi mumkin.

Kongo Demokratik Respublikasining o‘zida esa vaziyat ancha jiddiy — may oyi o‘rtalaridan buyon 1000 dan ortiq kishi kasallikka chalindi, 254 nafar bemor esa vafot etdi. Bu epidemiyaning birinchi oyi uchun rekord darajadagi ko‘rsatkichdir.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti inqiroz mintaqaviy tus olishidan xavotirda, chunki qo‘shni Ugandada va 20-iyun kuni Isroilda ham ushbu virusga chalinish bo‘yicha shubhali holatlar ro‘yxatga olindi. Shunga qaramay, Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha Yevropa markazi (ECDC) Yevropa aholisi uchun infeksiya xavfini o‘ta past deb baholamoqda.