O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

Venesuelada vayronkor zilzila yuz berdi: mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi

Venesuelada vayronkor zilzila yuz berdi: mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi

Venesuelada 7,5 balli kuchli zilzila oqibatida binolar qulab tushdi. Poytaxt xalqaro aeroporti yopildi, o‘nlab qurbonlar borligi aytilmoqda.

Venesuela poytaxtidan g‘arbda magnituda o‘lchovida 7,2 va 7,5 ballga teng bo‘lgan ikkita kuchli yer silkinishi qayd etildi. AQSH Geologiya xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 18:04 da sodir bo‘lgan, ikkinchisi esa oradan bir daqiqa o‘tmay kuzatilgan. Mutaxassislar talofatlar ko‘lami juda keng bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda va qurbonlar soni 10 mingdan 100 ming kishigacha yetishi ehtimolini istisno qilmayapti.

Hozirgi soatgacha olingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Karakasda binolarning qulashi oqibatida 32 kishi halok bo‘lgan va 700 dan ortiq fuqaro jarohatlangan. Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges xalqqa murojaat qilib, mamlakatda favqulodda holat rejimi joriy etilganini e’lon qildi. Shuningdek, zilzila oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan poytaxt Karakas xalqaro aeroporti faoliyati ham butunlay to‘xtatildi.

Zilzila sodir bo‘lgan vaqtda ko‘plab venesuelaliklar uylarida bo‘lgan, chunki aynan shu kuni mamlakatda mustaqillikni ta’minlagan Karabobo jangi yilligi nishonlanayotgan edi. Ichki ishlar vaziri Diosdado Kabelyoning davlat televideniyesi efirida ma’lum qilishicha, asosan Palos-Grandes va Altamira tumanlaridagi turar joy binolari vayron bo‘lgan. Ushbu hududlar bundan avval 1967-yilgi dahshatli zilziladan ham qattiq zarar ko‘rgan edi. Er osti silkinishlari Truxilo, Yaraking, Karabobo, Aragua, Miranda va La-Guayra shtatlarida ham sezilgan.