Yaponiya hukumati 1978-yildan beri birinchi marta kirish vizalari narxini oshirishni tasdiqladi. Iyul oyidan boshlab inflyatsiya sababli bir martalik viza narxi 15 ming iyenaga yetadi.
Kyodo agentligining xabar berishicha, qisqa muddatli bir martalik viza qiymati birdaniga besh barobarga qimmatlashadi. Bu mamlakatda 1978-yildan buyon viza yig‘imlarining ilk bor qayta ko‘rib chiqilishidir.
Joriy yilning iyul oyidan kuchga kiradigan yangi tartibga ko‘ra, bir martalik viza uchun to‘lov avvalgi 3000 iyena o‘rniga 15 000 iyena (taxminan 90 AQSH dollari) etib belgilandi. Muayyan vaqt davomida Yaponiyaga bir necha bor kirish imkonini beruvchi ko‘p martalik vizalar (multiviza) narxi esa 6000 iyenadan 30 000 iyenaga (taxminan 185 dollar) ko‘tariladi.
Hujjatlar narxining keskin qimmatlashishi mamlakatdagi murakkab makroiqtisodiy vaziyat fonida yuz bermoqda. 2026-yilning may oyida Yaqin Sharqdagi nizolar oqibatida Yaponiyada ulgurji inflyatsiya so‘nggi uch yildagi eng yuqori darajaga — 6,3 foizga yetdi. Tahlilchilarning prognozlariga ko‘ra, agar mamlakat moliyaviy rahbariyati pul-kredit siyosatini qat’iylashtirmasa, Yaponiya iqtisodiyoti muqarrar ravishda stagflyatsiyaga duch kelishi mumkin.





