Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Baxtiyor Islomov O‘zbekiston Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etildi

Baxtiyor Islomov O‘zbekiston Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etildi

Oliy Majlis Senati Kengashi Prezident taqdimnomasiga binoan Baxtiyor Islomovni Oliy sud raisi lavozimidan ozod etdi. Yangi raislikka Robaxon Maxmudova nomzodi ilgari surildi.

O‘zbekiston sud tizimi rahbariyatida jiddiy kadrlar almashinuvi yuz bermoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatiga Baxtiyor Jahongirovich Islomovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu masala 18-iyun kuni Toshkentda, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva raisligida o‘tgan Senat Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida Senat Kengashi Baxtiyor Islomovning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qildi. Ma’lumot o‘rnida, u 2022-yilning avgust oyidan buyon (besh yillik muddat bo‘yicha 2027-yilgacha) Oliy sudga raislik qilib kelayotgan edi, unga qadar esa Prezident maslahatchisi bo‘lib ishlagan. Uning keyingi ish joyi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Shu bilan bir vaqtda, davlat rahbari Oliy Majlis Senatiga yangi taqdimnoma ham kiritdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga Robaxon Anvarovna Maxmudova nomzodi taklif etildi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ushbu nomzod yaqin vaqt ichida yuqori palata a’zolari (senatorlar) tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish