Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Tramp Si Szinpin va Putinga Eron urushida betaraf qolgani uchun minnatdorchilik bildirdi

Tramp Si Szinpin va Putinga Eron urushida betaraf qolgani uchun minnatdorchilik bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Xitoy yetakchilarini Tehron bilan mojaroda neytral pozitsiya egallagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu bilan birga, ittifoqchilarini yordam bermaganlikda tanqid qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiyaning Evian-le-Ben shahrida o‘tgan G7 sammitidagi matbuot anjumanida kutilmagan bayonot bilan chiqdi. U Xitoy raisi Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Eron bilan urush paytida Vashingtanning Tehron yadroviy ambitsiyalarini jilovlash borasidagi harakatlariga xalaqit bermay, “neytral” munosabatda bo‘lgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Urushda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim qabul qilinganidan so‘ng gapirgan Tramp, ushbu ikki davlat rahbarlari vaziyatni ancha yaxshilaganini ta’kidladi, deb xabar bermoqda Reuters.

«Men Xitoyga, xususan, prezident Siga rahmat aytmoqchiman. U mutlaqo neytral pozitsiyani egalladi. Shuningdek, Vladimir Putinga ham rahmat aytmoqchiman. U ham juda neytral bo‘ldi. Ular ishimizni ancha qiyinlashtirishi mumkin edi», — dedi AQSh prezidenti.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Si Szinpin Eronga «katta qurol-yarog‘lar» yoki yelkadan otiladigan zenit-raketa majmualarini yuborishdan tiyilib, mojaroni hal qilishga yordam bergan. Biroq, Trampning ushbu maqtovlari AQSh razvedkasi hamda Moskva va Pekinning rasmiy bayonotlariga biroz zid keladi. Urush davomida Pekin Vashingtanning Tehronga bergan zarbalarini Eron suverenitetini buzish deb qoralagan, Rossiya esa buni yadroviy qurollanish poygasiga olib kelishidan ogohlantirgan edi. Qolaversa, AQSh razvedkasiga ko‘ra, Xitoy Tehronga harbiy maqsadlarda ishlatish mumkin bo‘lgan tovarlar yetkazib bergan va sanksiyalarga qaramay, Eron neftining asosiy xaridori bo‘lib qolgan. Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi esa Pekin har doim urushni tugatish va tinchlik o‘rnatish uchun mehnat qilganini eslatib o‘tdi.

Shu bilan birga, Tramp AQShning Yaponiya va Yevropadagi ittifoqchilarini harbiy operatsiyaga yordam bermagani hamda Eron tomonidan to‘sib qo‘yilgan Hormuz bo‘g‘ozini tozalash ishlarida qatnashmaganlikda ayblab, keskin tanqid qildi.

Eron bilan erishilgan kelishuvlar uzoqqa cho‘zilmasligi ham mumkin. 18-iyun kuni AQSh urush vaziri Pit Hegset Bryusselda NATO mudofaa vazirlari bilan uchrashuvdan so‘ng, agar Eron bitim doirasidagi majburiyatlarini bajarmasa, Qo‘shma Shtatlar zudlik bilan harbiy harakatlarni qayta boshlashi va mamlakatga nisbatan qat’iy dengiz blokadasini joriy etishga to‘liq qodirligini ma’lum qildi. Avvalroq Donald Tramp ham agar Eron «o‘zini yaxshi tutmasa», mamlakatga qarshi yana bomba yog‘dirish bilan tahdid qilgan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish