O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

Rossiya Visa va Mastercard kartalarini muomaladan butunlay chiqarib tashlaydi

Rossiya Visa va Mastercard kartalarini muomaladan butunlay chiqarib tashlaydi

Rossiyada Visa va Mastercard kartalari muomaladan butunlay chiqariladi. NSPK komissiya stavkalarini nolga tushirish rejasini e’lon qildi, deb xabar bermoqda «RBK».

Xalqaro kartalardan voz kechish jarayoni ma’muriy taqiqlar orqali emas, balki iqtisodiy choralar yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun Visa va Mastercard kartalari orqali bajariladigan operatsiyalar uchun banklararo komissiya (intercheynj) stavkalari bosqichma-bosqich pasaytiriladi:

  • 2027-yil boshidan — komissiya miqdori 1 foizgacha tushiriladi.

  • 2028-yil boshidan — stavka butunlay nolga tenglashtiriladi (bekor qilinadi).

Bunday sharoitda Rossiya banklarining Visa va Mastercard kartalari orqali amalga oshiriladigan savdo va to‘lovlardan foyda ko‘rishi imkonsizga aylanadi va ular bilan hamkorlik qilish iqtisodiy ma’nosini yo‘qotadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaga qarshi sanksiyalar fonida Visa va Mastercard mamlakatni tark etgan bo‘lsa-da, aholi qo‘lidagi mavjud kartalar faoliyati banklar tomonidan muddatsiz qilib uzaytirilgan edi. O‘sha kezlarda NSPK banklar mijozlar uchun keshbek va bonus dasturlarini saqlab qolishi uchun komissiyalarga tegmagandi.

Biroq, keyinchalik muammolar baribir yuzaga chiqdi. 2025-yil oxirida NSPK rahbari Dmitriy Dubinin ushbu kartalar chiplaridagi xavfsizlik sertifikatlari o‘z kuchini yo‘qotgani sababli xalqaro kartalar faoliyatini cheklash zarurligini aytgan edi.

Shunga qaramay, Rossiya Markaziy banki mijozlar uchun keskin o‘zgarishlar bo‘lmasligiga va kartalar ma’lum muddat ishlashda david etishiga ishontirib kelayotgan edi. Yangi reja esa xalqaro tizimlardan butunlay va silliq voz kechish strategiyasining yakuniy bosqichi bo‘ladi.