O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkilotining assotsiatsiyalangan a’zosi bo‘ldi

O‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkilotining assotsiatsiyalangan a’zosi bo‘ldi

Budapeshtda bo‘lib o‘tgan IOTAning 30-Bosh assambleyasida O‘zbekistonning a’zolik bo‘yicha arizasi ma’qullandi. Soliq qo‘mitasi Yevropaning ilg‘or tajribasini joriy etadi.

O‘zbekiston soliq tizimi xalqaro hamkorlikning yangi bosqichiga chiqmoqda. Budapesht shahrida o‘tkazilgan Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkilotining (IOTA) 30-Bosh assambleyasida yopiq ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston respublikaning ushbu nufuzli tuzilmaga assotsiatsiyalangan a’zo sifatida qabul qilinishi to‘g‘risidagi ariza qo‘llab-quvvatlandi.

Assambleyada mamlakatimiz delegatsiyasiga Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Po‘latov rahbarlik qildi. U xalqaro hamjamiyatga O‘zbekistonda soliq tizimini modernizatsiya qilish ва raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini taqdim etdi. Ular orasida elektron hisob-fakturalar, onlayn nazorat-kassa texnikasi, mahsulotlarni raqamli markirovkalash, avtomatlashtirilgan risk-tahlil hamda soliqlarni proaktiv hisoblash tizimlari bor. Mazkur choralar ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish va biznes muhitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

IOTAga a’zolik O‘zbekistonga Yevropa soliq organlari bilan hamkorlikni kengaytirish, raqamlashtirish, sun’iy intellektni joriy etish ва risklarni boshqarish sohasidagi eng ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan soliq tizimi modellarini muhokama qilishda faol ishtirok etish imkonini beradi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish