Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Jastin Getji Iliya Topuriyani mag‘lub etib, yangi UFC chempioniga aylandi

Jastin Getji Iliya Topuriyani mag‘lub etib, yangi UFC chempioniga aylandi

Vashingtondagi UFC turnirida Jastin Getji Iliya Topuriyani to‘rtinchi raunddan so‘ng texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi va chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

AQSh poytaxti Vashington shahrida o‘tkazilgan UFC turnirining markaziy jangida yengil vazn toifasidagi yangi chempion nomi ma’lum bo‘ldi. Mag‘lubiyatsiz kelayotgan amaldagi chempion Iliya Topuriya hamda vaqtinchalik kamar sohibi Jastin Getji o‘rtasidagi uchrashuv muddatidan oldin yakunlandi va Getjining g‘alabasi bilan tugadi.

Chempionlik jangi to‘rtinchi raunddan so‘ng to‘xtatildi. Topuriya o‘tkazib yuborilgan og‘ir zarbalar oqibatida beshinchi raundga chiqa olmasligi ma’lum bo‘ldi. Shifokorlar va sportchining burchagi uchinchi raunddan keyin Iliyaning ko‘rish qobiliyatida muammolar boshlanganini, to‘rtinchi raund yakunida esa uning jismoniy holati yanada og‘irlashganini qayd etishdi.

Shu tariqa, 37 yoshli Jastin Getji yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini rasman qo‘lga kiritdi. Uning hisobidagi ko‘rsatkich endi 28 g‘alaba va 5 mag‘lubiyatni tashkil etmoqda. Mazkur muvaffaqiyatsizlik Iliya Topuriyaning professional MMA faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyat bo‘ldi (17 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat).

Turnirning ikkinchi asosiy jangida fransiyalik Siril Gan og‘ir vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechgan bahsda braziliyalik Aleks Pereyrani kuchli zarba evaziga nokautga uchratdi va g‘alaba qozondi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish