So‘nggi:
JCHdagi birinchi o‘yin sabab o‘zbekistonliklarga dam olish kuni berish taklif qilindiSportO‘zbekistonda Amazon Leo kompaniyasining yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladiJamiyatMirziyoyev TMIFda 6 ta ustuvor yo‘nalishni belgiladiJamiyatO‘zbek amaldorlari uchun korrupsiyaga qarshi noodatiy qamoqxona ekskursiyasi tashkil etildiJamiyatJismoniy shaxslar uchun uch barobar miqdordagi yer solig‘i bekor qilindiJamiyatKo‘ksaroyda Ziroat Mirziyoyeva va Albaniya birinchi xonimining uchrashuvi bo‘lib o‘tdiSiyosatTurk investorlari Imom Buxoriy majmuasini boshqarishga qiziqish bildirmoqdaIqtisodiyotHumo Arenada Uzcard Football Fest bo‘lib o‘tadiJamiyatMirziyoyev AQSH Eksimbanki va DFC rahbarlarini qabul qildiDunyoShvetsiyada yomon xulq-atvorga ega immigrantlar mamlakatdan chiqarib yuboriladiDunyo

Shavkat Mirziyoyev Gonkong administratsiyasi rahbarini qabul qildi — viza tartibi bekor qilinadi

Shavkat Mirziyoyev Gonkong administratsiyasi rahbarini qabul qildi — viza tartibi bekor qilinadi

O‘zbekiston va Gonkong yaqin fursatda o‘zaro vizasiz tartibni joriy etish, Ishbilarmonlar kengashini tuzish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyun kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Xitoyning Gonkong maxsus ma’muriy hududi administratsiyasi rahbari Li Szyachao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot avvalida Li Szyachao Prezidentimizga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning qizg‘in salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni, xususan, Gonkong bilan hududlararo aloqalar hamda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muzokaralarda O‘zbekiston hududlari va Gonkong o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun mavjud ulkan salohiyatdan samarali foydalanish zarurligi alohida qayd etildi. Hozirda Toshkent shahriga Gonkongning yetakchi ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat katta delegatsiya kelgani ushbu yo‘nalishdagi sheriklikka kuchli sur’at bag‘ishlashi ta’kidlandi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy, moliyaviy va sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ta’lim, turizm, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolarga konsullik xizmatlari ko‘rsatishni nazarda tutuvchi kompleks hamkorlik dasturini qabul qilishga kelishib oldilar. Hamkorlikning asosiy drayverlari sifatida quyidagi ustuvor sohalar belgilandi:

  • “Yashil” energetika va qishloq xo‘jaligi;

  • Biotexnologiyalar va raqamli iqtisodiyot;

  • Fintex (moliyaviy texnologiyalar) va innovatsion startaplar;

  • Sun’iy intellekt tizimlari.

Uchrashuv yakunida hamkorlikning strategik yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish, qo‘shma Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish hamda eng muhimi — yaqin fursatda O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida ikki tomonlama asosda vizasiz tartibni joriy etish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi.