So‘nggi:
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yoqilg‘i narxi oshganini ko‘proq sezishmoqdaJamiyatRossiyada xorijliklar uchun davlat bojlari miqdori keskin oshirilishi kutilmoqdaJamiyatIsroil hukumat vakillari Livanni elektr energiyasidan uzishga chaqirdiDunyoGoogle chorak asrlik an’anasidan voz kechib o‘z qidiruv tizimini tubdan o‘zgartirdiDunyoAQSHda yashirinib yurgan o‘zbekistonlik mamlakatga deportatsiya qilindiJamiyatBu yilgi yozda O‘zbekistonda havo harorati 47° gacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatO‘qituvchilarning ortida armiya va Prezident turibdi — IIV maktabdagi janjalga munosabat bildirdiJamiyatToshkentda Qurbon hayiti namozi sababli bir qator ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadiJamiyatQurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekistondagi barcha davlat muzeylariga chiptalar narxi arzonlashtiriladiJamiyatO‘zbekistonliklarga 31-maygacha svet va gaz hisobini to‘ldirish tavsiya qilindiJamiyat

Isroil hukumat vakillari Livanni elektr energiyasidan uzishga chaqirdi

Isroil hukumat vakillari Livanni elektr energiyasidan uzishga chaqirdi

Isroil vazirlari Itamar Ben-Gvir va Betsalel Smotrich Hizbulloh hujumlariga javoban Livanni elektrdan uzish va Bayrutdagi binolarni vayron qilishga chaqirdi.

Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben Gvir agar Livan ma’murlari Hizbulloh harakatini jilovlay olmasa, mamlakat janubidagi hududlar Isroil uchun maxsus xavfsizlik zonasiga aylanishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, qo‘shni davlatni elektr energiyasidan uzib qo‘yish, muhim infratuzilmalarini yo‘q qilish va har qanday terrorchilik harakatiga javoban ularning o‘zi azob chekishini amalda ko‘rsatish zarur. Shuningdek, vazir Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni AQSh ma’muriyati bilan muloqotda qat’iyroq bo‘lishga va Livandagi harbiy harakatlarni to‘liq tiklash haqida ma’lum qilishga chaqirdi.

Moliya vaziri Betsalel Smotrich ham Hizbulloh tashkiloti tomonidan uchirilayotgan portlovchi dronlar xavfiga chek qo‘yish lozimligini bildirdi.

U mudofaa tizimini optimal darajada tayyorlash maqsadida deyarli 2 milliard isroil shekeli miqdoridagi maxsus byudjetni tasdiqlaganini ma’lum qildi. Vazir poytaxt Bayrutga beriladigan zarbalarni keskin oshirish, har bir dron hujumiga javoban o‘nta binoni qulatish strategiyasini yoqlab chiqdi. Isroil armiyasi shtabi boshlig‘i Eyal Zamir ham kabinet yig‘ilishida Livan poytaxtiga havo hujumlarini qayta boshlashni talab qildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Isroilning bombardimonlari oqibatida shu paytgacha qariyb 3200 kishi halok bo‘lgan, 1.6 milliondan ortiq aholi o‘z uy joyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.