So‘nggi:
O‘zbekistonda sovrin jamg‘armasi 240 ming dollar bo‘lgan kitobxonlik tanlovi boshlanadiJamiyatAQShda ijtimoiy tarmoqlarga dipfeyklarni o‘chirish uchun 48 soatlik muddat qo‘yildiDunyoPep Gvardiola Manchester Siti bosh murabbiyi lavozimini tark etishini ma’lum qildiSportO‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot o‘tkazdiSiyosatShavkat Mirziyoyev rossiyaliklar ishonchi bo‘yicha MDH yetakchilari uchligidan joy oldiJamiyatDavlat gerbidan sobiq ittifoq ramzlarini olib tashlash taklif etildiSiyosatAfg‘onistonda qizlar uchun nikoh yoshi cheklovi butunlay bekor qilindiJamiyatBuxoro viloyatida ikki sutka ichida oltinchi zilzila yuz berdiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyo

AQShda ijtimoiy tarmoqlarga dipfeyklarni o‘chirish uchun 48 soatlik muddat qo‘yildi

AQShda ijtimoiy tarmoqlarga dipfeyklarni o‘chirish uchun 48 soatlik muddat qo‘yildi

AQSh Federal savdo komissiyasi Meta, TikTok va X kabi 15 ta kompaniyani TIDA qonuniga muvofiq dipfeyklarni 48 soatda o‘chirish haqida ogohlantirdi.

Senatorlar Ted Kruz va Emi Klobushar hammuallifligida hamda birinchi xonim Melaniya Tramp qo‘llab-quvvatlovida 2025-yilda qabul qilingan ushbu hujjat tarmoqlarda insonlarning roziligisiz tarqatiladigan intim foto va videolar, jumladan, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan soxta tasvirlarga qarshi kurashishga qaratilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, foydalanuvchilar o‘zlariga tegishli bunday kontentni tarmoqdan olib tashlash bo‘yicha so‘rov yuborganlaridan keyin platforma ma’muriyati ushbu materiallarni roppa-rosa qirq sakkiz soat ichida butunlay o‘chirib tashlashi majburiy qilib belgilandi.

Mazkur qonun talablariga moslashish uchun biznes vakillariga berilgan bir yillik muhlat yakuniga yetgach, nazorat organi joriy yilning 19-mayidan boshlab qoidalarni amalda qo‘llashni boshladi. Komissiya raisi Endryu Fergyuson tomonidan Amazon, Alphabet, Apple, Discord, Meta, Microsoft, Reddit, Snapchat, TikTok va X kabi o‘n beshta yirik korporatsiyaga maxsus ogohlantirish xatlari yuborildi.

Ushbu talabni buzganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun kompaniyalarga nisbatan har bir aniqlangan holat uchun 53 088 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda fuqarolik jarimalari qo‘llanishi ma’lum qilindi. Shuningdek, xalqaro maydonda ham bunday kontentga qarshi kurash kuchaymoqda, xususan Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi ham shu yilning boshida neyrosellar orqali pornografik tasvirlar yaratuvchi ilovalarni taqiqlash va ularni tezkor o‘chirish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritdi.