Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqda

Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqda

Qozog‘iston hukumati 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bunday cheklovlar Avstraliya va Turkiyada kiritilgan bo‘lib, Yevropada ham muhokama qilinmoqda.

Qozog‘istonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlash rejalashtirilmoqda. Mamlakat madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Kochetovning ma’lum qilishicha, hukumat hozirda tegishli qonunchilik me’yorlarini muhokama qilmoqda. Hujjatlar paketi tayyor bo‘lgan, biroq loyiha hali parlamentga taqdim etilmagan. Yangi cheklovlar onlayn kouchlar va psixologlar faoliyatini tartibga solish choralarini ham o‘z ichiga oladi. Hozircha bolalar yoshini aniqlash va taqiqni amalda tekshirish mexanizmlari aniq emas, chunki bu boradagi xalqaro tajriba o‘zini to‘liq oqlamagan.

Vazir o‘rinbosari ijtimoiy tarmoqlarga yosh cheklovini joriy etishni global tendensiya deb atadi. Dunyo miqyosida Avstraliya bunday taqiqni kiritgan birinchi davlat bo‘ldi, shuningdek, Turkiya parlamenti ham 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun cheklovni qabul qildi. Hozirda Buyuk Britaniya, Ispaniya, Germaniya, Norvegiya, Fransiya va Ozarbayjonda ham voyaga yetmaganlarni internetdan himoya qilish uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlash yoki cheklash masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Yevroparlament esa ushbu me’yorni barcha a’zo davlatlarning milliy qonunchiligiga tatbiq etishni tavsiya qilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish