O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonda 1-iyundan svet va gaz uchun yangi tariflar joriy etilmoqda

O‘zbekistonda 1-iyundan svet va gaz uchun yangi tariflar joriy etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarini belgilash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-iyundan boshlab svet va gaz uchun yangi tariflar amaliyotga kiritiladi.

Hukumatning o‘tgan yilgi qarorida har yili 1-maydan boshlab narxlarni 10 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilib borish belgilangan edi.

Yangi qarorga ko‘ra, I, II va IV guruh iste’molchilari uchun 1 kVt·sh elektr energiyasi narxi 1 100 so‘m etib belgilandi. Aholi (III guruh) uchun esa tabaqalashtirilgan (differensial) tariflar saqlab qolindi. Belgilangan me’yordan ortiqcha iste’mol uchun oshirilgan koeffitsiyentlar ham o‘z kuchida qoladi.

Elektr energiyasi uchun aholi tariflari (1 kVt·sh uchun):

  • Elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uylar va yotoqxonalarda:

    • 200 kVt·sh gacha — 325 so‘m;

    • 201 dan 500 kVt·sh gacha — 450 so‘m;

    • 501 dan 1 000 kVt·sh gacha — 550 so‘m.

  • Qolgan barcha maishiy iste’molchilar (aholi) uchun:

    • 200 kVt·sh gacha — 650 so‘m;

    • 201 dan 500 kVt·sh gacha — 900 so‘m;

    • 501 dan 1 000 kVt·sh gacha — 1 100 so‘m.

Tabiiy gaz tariflari:

  • Yuridik shaxslar uchun: 1 kubometr gaz narxi 2 000 so‘m (ayrim toifalar mustasno).

  • Metan zapravkalar (AGTKSH) uchun: 1 kubometr uchun 2 750 so‘m.

  • Aholi uchun (tabaqalashtirilgan tartibda):

    • Isitish mavsumida 500 kubometrgacha, boshqa mavsumlarda esa 100 kubometrgacha iste’mol qilinganda 1 kubometr gaz narxi 1 100 so‘mni tashkil etadi.

Hukumat qarori bilan, shuningdek, energiya yetkazib berishdagi yo‘qotishlarni kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilandi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish