Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Putin Ukraina mojarosi yakunlanayotganini aytdi

Putin Ukraina mojarosi yakunlanayotganini aytdi

Vladimir Putin Ukraina mojarosi yakuniy bosqichga kirganini ma’lum qildi. Rossiya prezidenti G‘arbning muzokaralarni to‘xtatganini va Moskva talablarini ochiqladi.

9-may kungi chiqishida u mojaro «yakun sari borayotganini» ta’kidlab, 2022-yilgi Istanbul kelishuvlari nima sababdan amalga oshmaganiga to‘xtalib o‘tdi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlarining Kiyevdan olib chiqilishi tinchlik uchun qo‘yilgan qadam bo‘lgan, biroq G‘arb davlatlari buni rad etgan.

Prezident G‘arb yetakchilarini, xususan, Buyuk Britaniyaning o‘sha vaqtdagi bosh vaziri Boris Jonsonni tinchlik jarayoniga to‘sqinlik qilishda aybladi. Putinning fikricha, aynan xalqaro yordam va’dalari Kiyevni muzokaralardan voz kechishga undagan va bu qonli to‘qnashuvlarning uzoq davom etishiga sabab bo‘lgan. Shunga qaramay, Rossiya rahbari umumiy jarayon baribir yakuniy nuqtaga qarab harakatlanayotganini bildirdi.

Tinchlik o‘rnatish shartlari borasida Moskva pozitsiyasi qat’iy qolmoqda. Bunga yangi hududlarning Rossiya tarkibida ekanligini tan olish, Ukrainani demilitarizatsiya qilish va uning blokdan tashqari maqomini qonuniy mustahkamlash kiradi. Shuningdek, Rossiyaga qarshi kiritilgan barcha iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinishi shart. Putinning ta’kidlashicha, ushbu fundamental masalalar hal etilmas ekan, barqaror tinchlikka erishib bo‘lmaydi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish