So‘nggi:
JCH-2026: O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga yirik hisobda imkoniyatni boy berdiSportO‘zbekistondagi Rossiya fuqarolari konsullikka bormasdan “Gosuslugi” orqali hujjat rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladiJamiyat1-iyuldan O‘zbekistonda pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladiJamiyatO‘zbekiston un eksporti bo‘yicha Qozog‘istondan o‘zib ketdiIqtisodiyotO‘zbekistonda davlat organlari xodimlarini sotib olganlik uchun javobgarlik keskinlashtirildiJamiyatSoliq qo‘mitasi aholining banklardagi omonatlari va pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumot olmoqchiJamiyatJanubiy Koreya sobiq adliya vaziri harbiy to‘ntarishga ko‘maklashgani uchun 25 yilga qamaldiDunyoO‘zbekistonda korrupsiyaga qo‘l urganlar reyestri tuzildiSiyosatO‘zbekistonda chilla davri boshlanmoqda — havo harorati 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Qatardagi gaz zavodida yuz bergan portlash munosabati bilan amirga ta’ziya bildirdiSiyosat

Zelenskiy xorijiy davlat vakillarini 9-may kuni Moskvaga bormaslikka chaqirdi

Zelenskiy xorijiy davlat vakillarini 9-may kuni Moskvaga bormaslikka chaqirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 9-may kuni Moskvada xavfsizlik kafolatlanmagani sababli chet ellik vakillarga u yerga bormaslikni maslahat berdi. Rossiya poytaxtida mudofaa choralari kuchaytirilgan.

Uning ta’kidlashicha, urush davom etayotgan va strategik ob’ektlarga zarbalar berilayotgan bir paytda Moskvada bo‘lish kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Zelenskiy Ukraina harbiylari Rossiya hududining ichkarisidagi neft zavodlari va bazalariga aniq zarbalar berishda davom etayotganini, hamda Perm kabi uzoq masofadagi ob’ektlar ham nishonga olinganini qayd etdi.

Ukraina rahbari Rossiya tomonidan taklif etilgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini tanqid qilib, bu takliflar amalda bajarilmayotganini aytdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina 6-maydan buyon sukunat rejimiga tayyor bo‘lgan bo‘lsa-da, Rossiya armiyasi hujumlarni to‘xtatmagan va oqibatda 27 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan. Prezident rus rahbariyatining mantig‘ini g‘alati deb atab, inson hayoti har qanday sanani nishonlashdan ko‘ra muhimroq ekanini uqtirdi.

Moskvadagi parad bu yil dronlar hujumi xavfi tufayli harbiy texnikalarsiz va cheklangan doirada o‘tkazilishi kutilmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ushbu tadbirda ishtirok etmasligi haqida xabarlar mavjud. Rossiya hukumati poytaxt xavfsizligini ta’minlash maqsadida 40 dan ortiq qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlarini o‘rnatgan. Eslatib o‘tamiz, 7-may kuni Moskva yo‘nalishida uchirilgan 32 ta dron urib tushirilgani haqida ma’lumotlar berilgan edi.