Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

BAA barcha cheklovlarni bekor qilib havo hududini parvozlar uchun to‘liq ochdi

BAA barcha cheklovlarni bekor qilib havo hududini parvozlar uchun to‘liq ochdi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) havo hududini parvozlar uchun qayta ochdi va barcha cheklovlarni bekor qildi. Aviatsiya qatnovlari xavfsizlik nazorati ostida odatdagi tartibda tiklandi.

Birlashgan Arab Amirliklari hukumati mamlakat havo kengliklaridan foydalanish bo‘yicha o‘rnatilgan vaqtinchalik cheklovlarni olib tashladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, operatsion xavfsizlik holati qayta ko‘rib chiqilgach, barcha turdagi aviaqatnovlar odatdagi tartibda tiklangan. Endilikda xalqaro va mahalliy reyslar hech qanday to‘siqlarsiz, tasdiqlangan jadvallar asosida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, parvozlarga oid cheklovlar mintaqadagi harbiy vaziyatning keskinlashuvi va fuqaro aviatsiyasi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar sababli joriy etilgan edi. BAA aviatsiya ma’murlari havo harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida vaziyatni real vaqt rejimida kuzatib borishda davom etishini bildirdi. Hozirda Amirliklar hududida parvozlar to‘liq xavfsiz deb topilgan va havo yo‘llari barcha aviakompaniyalar uchun ochiq.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish