So‘nggi:
Qurbon hayiti munosabati bilan oylik maoshlar 27 mayga qadar to‘lanishi shartJamiyatPrezident maktab bitiruvchilariga tabrik yo‘lladiJamiyat«Mening uyim» tizimida naqd pul yig‘ish va badallarni qo‘lda kiritish taqiqlandiJamiyatMaktablarga o‘quvchilarni qabul qilish va ko‘chirish vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatO‘zbekiston jahon chempionatini qabul qilmaydigan bo‘ldiSportQozog‘istonda xususiy klinikadagi jarrohlik amaliyoti fojia bilan tugadiDunyoFransiya prezidenti qarorgohida tintuv o‘tkazildiDunyoXitoydagi konda yuz bergan portlashda 90 kishi halok bo‘ldiJamiyatO‘zbekiston davlat qarzi qariyb 47 milliard dollarga yetdiIqtisodiyotXitoylik olimlar dunyodagi eng tezkor yangi avlod kvant kompyuterini taqdim etdiJamiyat

BMT Xavfsizlik Kengashi Eronni mintaqaviy hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik Kengashi Eronni mintaqaviy hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi

MT Xavfsizlik Kengashi Eronning Fors ko‘rfazi davlatlariga yo‘llagan hujumlarni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi 11-mart kungi yig‘ilishda 15 a’zodan 13 nafarining ovozi bilan Eronning Fors ko‘rfazi mintaqasidagi qo‘shni davlatlarga qarshi harbiy amaliyotlarini shartsiz to‘xtatishni talab qiluvchi hujjatni tasdiqladi.

Ushbu loyiha Iordaniya ko‘magida Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi (BAA, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Ummon, Qatar va Bahrayn) tomonidan ilgari surildi. Rezolyutsiya matnida Eronning mazkur mamlakatlar hududlariga bergan zarbalari xalqaro huquq normalarining ochiq-oydin buzilishi deb baholangan va global barqarorlikka «jiddiy xavf» sifatida tasvirlangan.

Hujjatda, shuningdek, Tehronning jahon neft bozori uchun muhim bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi kemalar qatnovini izdan chiqarishga qaratilgan urinishlari keskin qoralangan. BMT ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, Eron, AQSh va Isroil o‘rtasidagi bevosita harbiy qarama-qarshilik boshlanganidan beri mazkur suv yo‘li xalqaro savdo uchun amalda yopiq holatda qolmoqda.

Ovoz berish jarayonida Rossiya va Xitoy betaraf pozitsiyani egalladi. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya mazkur rezolyutsiyani «biryoqlama va xolis bo‘lmagan» hujjat deb atab, unda Eron hududiga berilgan aviazarbalarning qoralanmaganiga urg‘u berdi. Tehron esa ushbu qarorni AQSh va Isroilning siyosiy maqsadlarini ilgari suruvchi vosita deb atab, Eronni jabrlanuvchi tomon sifatida ko‘rsatishda davom etmoqda.