AQSh sudi Oʻzbekiston fuqarolariga immigratsion vizalar berishga qoʻyilgan taqiqni bekor qildiJamiyatOʻzbekistonda mahkumlarga onlayn xaridlarni amalga oshirishga ruxsat berilishi mumkinJamiyatShavkat Mirziyoyev Donald Trampga anʼanaviy oʻzbek shiyponlarini sovgʻa qildiSiyosatNavoiyda mahkum xonadoshini ozodlikka chiqarish va’dasi bilan 15 ming dollar undirmoqchi bo‘ldiJamiyatO‘zbekistonda noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun 15 yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkinJamiyatO‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdiJamiyatShavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart Toqayevni Qurultoy saylovlari yakunlangani munosabati bilan qutladiSiyosatO‘zbekistonda OOTLardagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandiJamiyatO‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilariga texnikumlarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildiJamiyatShavkat Umurzoqov sotuvga qo‘yilgan 35 ta bozor o‘z faoliyatini saqlab qolishini bildirdiJamiyat

Abduqodir Husanov yana “Man City”da oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin

Abduqodir Husanov yana “Man City”da oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin

Manchester City muxlislari aprel oyining eng yaxshi o‘yinchisini aniqlashmoqda. Nomzodlar orasida O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham bor. Hamyurtimiz ushbu sovrin uchun Bernardu Silva va Niko O’Rayli bilan kuch sinashadi.

22 yoshli hamyurtimiz Bernardu Silva va Niko O’Rayli kabi yulduzlar bilan bir qatorda mazkur sharafli nomga da’vogarlik qilmoqda. E’tiborli jihati shundaki, Husanov mart oyida ham muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lib, jamoada oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan edi.

Aprel oyidagi o‘yinlar taqvimi himoyachimiz uchun o‘ta mas’uliyatli va muvaffaqiyatli o‘tdi. U barcha to‘rtta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, uchrashuv yakunigacha almashtirilmasdan harakat qildi. Husanov ishtirok etgan bahslarning barchasida Pep Gvardiola shogirdlari g‘alaba qozonishdi. Xususan, Premyer-ligada “Chelsi” (3:0) va “Arsenal” (2:1) ustidan qozonilgan muhim g‘alabalar, shuningdek, Angliya Kubogida “Liverpul”ning 4:0 hisobida tor-mor etilishida hamyurtimizning hissasi katta bo‘ldi.

Jamoa rotatsiyasi sababli Angliya Kubogi yarim finalida dam olgan bo‘lsa-da, “shaharliklar” final yo‘llanmasini naqd qilishdi. Endilikda Husanovni 16-may kuni “Uembli” stadionida o‘tadigan tarixiy bahs kutmoqda. Angliya Kubogi finalida Manchester City “Chelsi”ga qarshi maydonga tushadi va bu o‘zbekistonlik himoyachi uchun navbatdagi nufuzli sovrinni qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ayni paytda klubning rasmiy sahifalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda, unda Husanovga tahririyat va muxlislar tomonidan yuqori baho berilishi kutilmoqda.