So‘nggi:
Sobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyatToshkentning qator hududlarida tunda issiq suv harorati pasaytiriladiJamiyatJCH-2026 o‘yinlariga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurdi va yangi rekord o‘rnatildiSportJazirama issiq havo 21-iyuldan boshlab O‘zbekistonni tark etadiJamiyatToshkent viloyati va Vodiyning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindiJamiyatO‘zbekistonda anomal issiq sababli turizm sohasi uchun «siesta» joriy etilishi mumkinIqtisodiyotIspaniya Argentinani mag‘lub etib, JCH-2026 chempioniga aylandiSport

Saida Mirziyoyeva Samarqandda 600 o‘rinli eng yirik bog‘cha qurilishini ma’lum qildi

Saida Mirziyoyeva Samarqandda 600 o‘rinli eng yirik bog‘cha qurilishini ma’lum qildi

Saida Mirziyoyevaning Samarqandga tashrifi davomida «Geologlar» mahallasidagi bog‘chani tubdan yangilash bo‘yicha topshiriq berildi. Mazkur muassasa noldan qurilib, shahardagi eng yirik maktabgacha ta’lim maskaniga aylanadi.

Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va infratuzilmasini yaxshilash masalalari doimiy nazoratda. Saida Mirziyoyeva hududdagi muhim loyihalar, jumladan, «Yangi O‘zbekiston» massividagi o‘zgarishlar bilan tanishdi. Tashrif doirasida kapital ta’mirga muhtoj bo‘lgan musiqa maktabi va boshqa bir qator ijtimoiy soha ob’ektlari holati tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida «Geologlar» mahallasidagi bog‘chani to‘liq qayta qurish loyihasiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu muassasa barcha zamonaviy talablarga javob beradigan qilib noldan barpo etiladi va ishga tushirilgach, 600 nafar bolani qabul qila oladi. Bu ko‘rsatkich bilan u Samarqanddagi eng yirik bog‘chaga aylanadi. Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, hududlarga muntazam tashriflar hisobotlardagi raqamlarni emas, balki real ahvolni ko‘rish hamda muammolarni joyida hal qilish imkonini beradi.

Safarning yakuniy qismida viloyat va tuman rahbarlari bilan muloqot o‘tkazildi. Unda davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan tizimli ishlarning ijrosi va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Bunday islohotlarning barchasi bolalar uchun munosib ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratish va hududlar qiyofasini zamonaviylashtirishga qaratilgan.