So‘nggi:
Saida Mirziyoyeva Samarqandda 600 o‘rinli eng yirik bog‘cha qurilishini ma’lum qildi | Prezident hokimlarga qat’iy shart qo‘ydi: Go‘sht va kartoshka taqchilligiga barham berilishi shart | JCh-2026 finali chiptalari narxi shaxsiy vertolyot narxiga tenglashdi | O’zbekistonning iqtisodiy holati raqamlarda e’lon qilindi | O‘zbekistonda har bir ayolga 3 nafar farzand to‘g‘ri kelmoqda | O‘zbekistonda maktab o‘rinlari taqchilligi 800 mingdan oshib ketdi | Prezident biznesni rivojlantirishdagi to‘siqlar uchun qator tuman hokimlarini keskin tanqid qildi | Toshkentning yetti tumanida besh kun davomida issiq suv o‘chiriladi | Dam olish kunlari O‘zbekistonda jazirama issiq va kutilmagan yomg‘irlar kuzatiladi | Angrendagi janjal ikki kishining o‘limi bilan yakunlandi |

JCh-2026 finali chiptalari narxi shaxsiy vertolyot narxiga tenglashdi

JCh-2026 finali chiptalari narxi shaxsiy vertolyot narxiga tenglashdi

FIFAning rasmiy qayta sotish platformasida JCh-2026 final o‘yini uchun oddiy chiptalar narxi 2,3 mln dollarga yetdi. Ushbu mablag‘ga Toshkentdan hashamatli ko‘chmas mulk yoki shaxsiy vertolyot xarid qilish mumkin.

Futbol olami 2026-yilda AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan jahon chempionati finali uchun belgilangan rekord narxlardan hayratda. FIFAning rasmiy qayta sotish platformasida (Resale Marketplace) bitta chipta narxi 2 299 998 dollarga ko‘tarildi. Eng qizig‘i, bu narx VIP-loja uchun emas, balki Nyu-Jersidagi «Metlayf» stadionining darvoza ortidagi quyi yarusidan joy olgan standart o‘rindiq uchun belgilangan.

Bunday keskin narx ko‘tarilishiga FIFAning yangi siyosati sabab bo‘ldi: tashkilot ilk bor o‘zining rasmiy portalida chiptalarni istalgan narxda qayta sotishga ruxsat berdi. Bu AQSH va Kanadadagi chiptalarning ikkilamchi bozori qat’iy tartibga solinmaganligi bilan bog‘liq. Bunda FIFA ham sotuvchi, ham sotib oluvchidan 15 foizdan komissiya oladi, bu esa bitta shunday chipta sotuvidan tashkilotga qariyb 700 ming dollar foyda keltiradi deganidir.

Taqqoslash uchun, 2,3 mln dollar Toshkent shahridagi zamonaviy ko‘p qavatli uylardan butun bir podyezdni sotib olishga yoki shaxsiy elita vertolyotiga egalik qilishga yetadi. Hozirda FIFAning o‘zidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotilayotgan chiptalar narxi 10 990 dollardan boshlanadi, biroq ularni erkin savdoda topish deyarli imkonsiz. Futbol muxlislari assotsiatsiyalari ushbu holatni keskin tanqid qilib, futbolning asosiy tamoyili — ommaviylikka putur yetayotganini va final faqat boylar uchun tomoshaga aylanib qolayotganini ta’kidlamoqda.