AQSh prezidenti Tehron kuniga 500 mln dollar yo‘qotayotganini aytdi. Hormuz bo‘g‘ozi blokadasi Vashington shartlari asosida kelishuv tuzilmaguncha bekor qilinmaydi.
Donald Tramp Tehron manziliga keskin tahdidlar bilan chiqib, mamlakat rahbarlariga zarba berishga tayyorligini bildirdi. AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ayni damdagi Hormuz bo‘g‘ozi blokadasi Eron byudjetiga har kuni 500 million dollar zarar keltirmoqda. Tramp Eronning yo‘nalish tankerlar uchun ochiqligi haqidagi bayonotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va bu shunchaki Amerika sanksiyalaridan ko‘rilayotgan zararni yashirishga urinish ekanini ta’kidladi.
Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida Tramp Hormuz bo‘g‘ozi blokadasi Vashington uchun asosiy bosim vositasi ekanini, usiz manfaatli kelishuvga erishib bo‘lmasligini qayd etdi. U Vashington talablari bajarilmaguncha mintaqa ustidan nazorat susaytirilmasligini ma’lum qildi. Amerika yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, cheklovlarni kuch bilan chetlab o‘tishga bo‘lgan har qanday urinish Eron hududi va uning rahbariyatiga qarshi keskin harbiy javobga sabab bo‘ladi.




