So‘nggi:
Buxoroda mast haydovchi bir necha avtomobil bilan to‘qnashib, 5 yoshli bolani urib ketdi | Maxsus texnika importi uchun bojlar bekor qilinadi | Ilon Mask 656 milliard dollar boylik bilan dunyoning eng badavlat odamlari reytingida peshqadamlik qilmoqda | O‘zbekistonda tadbirkorlik tekshiruvlarini raqamli nazorat qilishning yangi tartibi joriy etilmoqda | Anapa qirg‘oqlarida yuz bergan neft sizishi oqibatida yuzlab dengiz qushlari nobud bo‘lmoqda | Toshkent yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga 14 milliard so‘m sarflaydi | Putin Yevropaga qarshi urush boshlashga tayyorlanmoqda | Rossiya chegarachilari haxsiy smartfon va yozishmalarni ko‘zdan kechirish huquqiga ega bo‘ldi | O‘zbekistonda bolalar pornografiyasini saqlaganlik uchun javobgarlik joriy etiladi | Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonda sezildi |

Ilon Mask 656 milliard dollar boylik bilan dunyoning eng badavlat odamlari reytingida peshqadamlik qilmoqda

Bloomberg Billionaires Index dunyo milliarderlarining navbatdagi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, texnologiya olami giganti Ilon Mask 656 milliard dollar sarmoya bilan sayyoramizning eng boy odami maqomini mustahkamladi.

Maskning boyligi asosan Tesla va SpaceX kompaniyalari aksiyalari, shuningdek, X ijtimoiy tarmog‘i hamda Neuralink startapi hisobiga shakllangan. Dunyoning eng badavlat o‘n kishisidan to‘qqiz nafari AQSH vakillari ekani jahon iqtisodiyotida Amerika texnologik korporatsiyalarining ta’siri nechoqlik yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.

Ro‘yxatning yuqori pog‘onalaridan Alphabet asoschilari Larri Peyj (286 mlrd dollar) va Sergey Brin (266 mlrd dollar), shuningdek, Amazon yaratuvchisi Jeff Bezos (269 mlrd dollar) joy olgan. Sun’iy intellekt sohasidagi jadal rivojlanish Nvidia rahbari Jensen Xuang va Dell Technologies asoschisi Maykl Dellning ham kapitali o‘sishiga xizmat qildi. Kuchli o‘nlikda texnologiya sohasiga aloqador bo‘lmagan yagona vakil — LVMH imperiyasi rahbari Bernar Arno bo‘lib, u 164 milliard dollar bilan Yevropa sharafini himoya qilmoqda. Ro‘yxatni an’anaviy savdo yetakchisi Walmart vorisi Jim Uolton yakunlab bergan.