Yunusobodda qurilayotgan bino yong‘in sodir bo‘ldi

Yunusobodda qurilayotgan bino yong‘in sodir bo‘ldi Jamiyat

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in yuz berdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

13-mart kuni soat 11:08 da Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Yuqori Qorakamish ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan uyning ikkinchi qavatida tutun chiqayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv guruhlari chaqiruvdan so‘ng atigi bir daqiqa o‘tib — soat 11:09 da voqea joyiga yetib kelishgan. Tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 11:16 da to‘liq qurshab olingan va 11:19 ga kelib to‘liq bartaraf etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga qurilish maydonida saqlanayotgan qurilish materiallarining yonib ketishi sabab bo‘lgan. Baxtli tasodif tufayli ushbu hodisada insonlarning jarohatlanishi yoki halok bo‘lishi kuzatilmagan.

Ayni damda mutaxassislar yong‘in keltirib chiqargan moddiy zararni baholash va yuz bergan holatning aniq sabablarini aniqlash bo‘yicha tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Пресса.uz
Pressa.uz