Toshkentdan Dubayga uchgan reyslar ortga qaytarildi

Toshkentdan Dubayga uchgan reyslar ortga qaytarildi Jamiyat

Birlashgan Arab Amirliklari havo hududining qisman yopilishi munosabati bilan Toshkentdan Dubayga yo‘l olgan bir qancha samolyotlar ortga qaytishga majbur bo‘ldi.

Uzbekistan Airports axborot xizmati xabariga ko‘ra, bugun Toshkent—Dubay yo‘nalishidagi xalqaro parvozlarda o‘zgarishlar yuz berdi. BAA havo hududining qisman yopilgani sababli, havoga ko‘tarilgan bir qator reyslar uchib ketgan aeroportiga ortga qaytarilmoqda.

Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga qaytayotgan reyslar ro‘yxati quyidagicha:

  • Centrum Air aviakompaniyasining C6-351 reysi;

  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-333 reysi.

Aviakompaniya vakillari yo‘lovchilardan parvozlar jadvali bo‘yicha yangilanishlarni elektron tablo va aeroportning rasmiy sahifalari orqali kuzatib borishni so‘ramoqda, chunki qabul qiluvchi tomonning havo hududidagi cheklovlar bekor qilinishiga qarab vaziyat o‘zgarishi mumkin.

Пресса.uz
Pressa.uz
Add a comment

?>

Пока нет комментариев

Оставьте первый комментарий — поделитесь мнением или задайте вопрос.