Toshkentda tarovih namozi vaqtida masjidlar yaqinida harakat cheklanadi

Toshkentda tarovih namozi vaqtida masjidlar yaqinida harakat cheklanadi Jamiyat

Toshkent shahrida bir qator masjidlar yaqinida tarovih namozi o‘tkaziladigan davrda transport harakatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Cheklovlar 18-fevraldan boshlab kuchga kiradi va Ramazon oyi davomida har kuni soat 18:00 dan tungi 00:00 gacha amal qiladi.

Cheklovlar kechki payt ibodatlar o‘tkaziladigan masjidlar atrofidagi ko‘chalarga tatbiq etiladi. Belgilangan hududlarda harakat faqat maxsus transport vositalariga ruxsat etiladi.

Quyida cheklovlar joriy etiladigan tumanlar va aniq yo‘l uchastkalari ro‘yxati keltiriladi:

Mirzo Ulug‘bek tumani

— «Tepa» masjidi: Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasigacha bo‘lgan qism.

Bektemir tumani

— «Alibek» masjidi: M. Avezov ko‘chasidan H. Boyqaro ko‘chasigacha.

Yashnobod tumani

— «Islomota» masjidi: Farg‘ona yo‘li ko‘chasining ikkinchi darajali yo‘lidan Zarkent va Obishir ko‘chalarigacha;

— «Ali ibn Abu Tolib» masjidi: Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasigacha.

Mirobod tumani

— «Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja» masjidi: Yangi Qo‘yliq–Fayziobod chorrahasidan Fayziobod 5-tor ko‘chasigacha;

— «Qo‘yliq ota» masjidi: TKAD–Qo‘yliq ota kesishmasidan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasigacha.

Sergeli tumani

— «Ma’ruf ota» masjidi: Choshtepa ko‘chasidan Choshtepa 1-tor ko‘chasigacha;

— «Nug‘ay qo‘rg‘on» masjidi: Yangi Sergeli–S. Xujanov chorrahasidan S. Xujanov–Mohidil kesishmasigacha.

Yakkasaroy tumani

— «Usmon bin Ma’zum» masjidi: TKAD–Fayzli Toshkent chorrahasidan TKAD–Qushbegi chorrahasigacha;

— «Yakkasaroy» masjidi: Sh. Rustaveli–Yakkasaroy kesishmasidan Yakkasaroy–Bog‘ibuston chorrahasigacha;

— «Rakat» masjidi: J. Shoshi ko‘chasidan Askiya ko‘chasigacha.

Yangihayot tumani

— «Niyozmat ota» masjidi: TKAD–Binokor chorrahasidan «Pastdarg‘on» mahallasiga kirish qismigacha.

Shayxontohur tumani

— «Shayx Zayniddin (Ko‘kcha)» masjidi: Ko‘kcha Darvoza–Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza–Beshqayrag‘och kesishmasigacha;

— «Kamolon» masjidi: Bunyodkor–Kamolon chorrahasidan Kamolon–Ustazoda 2-tor ko‘chasi kesishmasigacha.

Olmazor tumani

— «Hazrati Imom» masjidi: Nurafshon–Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy–A. Qodiriy kesishmasigacha;

— «Islomobod» masjidi: TKAD–Sag‘bon kesishmasidan Nurafshon–Sag‘bon chorrahasigacha;

— «Do‘stjonboy (Sulola)» masjidi: Sag‘bon–Sag‘bon 12-tor chorrahasidan Keles yo‘li–Noraztepa kesishmasigacha.

Yunusobod tumani

— «Mirza Yusuf» masjidi: Bog‘ishamol ko‘chasi bo‘ylab Shibli ko‘chasigacha.

Uchtepa tumani

— «Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Kani)» masjidi: Katta Kani aylana yo‘lidan Lutfiy–Katta Xirmontepa chorrahasigacha;

— «Hazrati Ali» masjidi: Nazarbek–Mahorat chorrahasidan Nazarbek–Zamaxshari 1-tor ko‘chasigacha.

Chilonzor tumani

— «Novza» masjidi: Bunyodkor–Muqimiy ko‘prigi ostidagi ikkinchi darajali yo‘ldan Bunyodkor–Kamolon ko‘prigigacha;

— «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi: Al-Xorazmiy–Gavhar chorrahasidan Sug‘alliota ko‘chasigacha;

— «Ubay ibn Ka’b (Burijar)» masjidi: Al-Xorazmiy–Katta Xirmontepa chorrahasidan Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab Al-Xorazmiy–Katta Kani kesishmasigacha.

Haydovchilarga yo‘nalishlarni oldindan rejalashtirish va kechki soatlardagi vaqtinchalik cheklovlarni inobatga olish tavsiya etiladi. Ushbu choralar Ramazon oyida ibodatlarning xavfsiz va to‘sqinliksiz o‘tkazilishini ta’minlashga qaratilgan.

Пресса.uz
Pressa.uz